TalabaUy haqida.

Yurtimizda ilk bora, ijarada istiqomat qiluvchi talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan talabauy.uz loyihasi oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu saytda nafaqat talabalar oʻzlari uchun mos boʻlgan ijara uylarini topa olishi, balki yurtimizning qaysi manzilida boʻlmasin har bir kishi oʻz xohishiga koʻra mavjud hovli va koʻp qavatli uylarini osonlik bilan joylashtirishlari mumkin.

Eng asosiysi, saytdan foydalanish toʻlaqonligicha barcha uchun bepul.

Talabauy.uz saytining yaratuvchilari o’z oldilariga quyidagi vazifalarni belgilab olishgan:
✅Talabalar oʻzlari istiqomat qiladigan uylaridan turib online tarzda taʼlim oladigan, oliy taʼlim muassasasidan uzoq boʻlmagan, arzon va har tomonlama qulay uy-joylarni kuzatib borishi;
✅Ijarachi va talabalar oʻrtasida ijara uy-joylari haqida muntazam maʼlumotlar almashib borish;
✅ Ijara beruvchi va ijarada turuvchilar oʻrtasidagi pullik makler xizmatlariga barham berish!

1 Comment

Fikir bildirish

Yulduzcha (*) bilan belgilangan barcha maydonlarni to'ldirish talab qilinadi